Yangiliklar
Beauty Uzbekistan sog`lom go`zallik trendini belgilab berdi
15-17 aprel kunlari CAEx Uzbekistan ko‘rgazma markazida Estetik tibbiyot, apparat kosmetologiyasi va parfyumeriya-kosmetika sanoati – Beauty Uzbekistan 2025 ixtisoslashtirilgan xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.“Beauty Uzbekistan 2025” birinchi marta mustaqil tadbir sifatida “Go‘zallik va salomatlik sinergiyasi” yagona shiori ostida sog‘liqni saqlash sohasidagi yetakchi ko‘rgazma tadbiri – “Sog‘liqni saqlash – TIHE 2025” 29-Toshkent xalqaro ko‘rgazmasi bilan bir maydonda o‘tkazildi.
TIHE va Beauty Uzbekistan 2025 ko‘rgazmalarining qo‘shma ekspozitsiyasi 23 mamlakatdan 400 ta kompaniya va brendlarni birlashtirdi.
Go‘zallik sanoatiga bag‘ishlangan ko‘rgazmaning bahor faslida – yilning eng go‘zal faslida o‘tkazilgani, Toshkentni soha mutaxassislari va go‘zallik muxlislari uchrashadigan maskanga aylangani ramziy ma’noga ega. Dastlab “Beauty Uzbekistan” TIHE ko‘rgazmasi doirasida ixtisoslashtirilgan bo‘lim sifatida o‘tkazilgan bo‘lib, unda professional kosmetika, estetik tibbiyot uchun asbob-uskunalar va turli xil tibbiy mahsulotlar namoyish etilardi. Taqdim etilayotgan mahsulotlar assortimenti kengayib bordi va tibbiy profildan tashqariga chiqdi, bu esa go‘zallik sanoatini rivojlantirishga bag‘ishlangan Beauty Uzbekistan 2025 individual ko‘rgazma loyihasini ishga tushirishga xizmat qildi.
Go'zallik industriyasi zamonaviy O'zbekistonda rivojlanishning yangi bosqichga chiqdi. Gender tengligini taʼminlash, goʻzallik sanoati sohasida biznes va xizmatlar koʻrsatishni kengaytirish boʻyicha jiddiy qadamlar qoʻyilayotgan bir sharoitda soha jadal rivojlanmoqda, yuqori sifatli kosmetika vositalariga, estetik va anti-age muolajalarni taʼminlash uchun zamonaviy uskunalarga talab ortib bormoqda.
Ixtisoslashtirilgan ko'rgazmani o'tkazish amaliyotchi mutaxassislarga so'nggi tendentsiyalar, mahsulotlar va ishlanmalarni taqdim etish uchun yangi imkoniyatlar ochadi. Bugungi kunda Beauty Uzbekistan professional biznes platformasi, premyeralarning asosiy markazi, ishlab chiqaruvchilar, distribyutorlar va biznes egalari o‘rtasidagi professional muloqot maydonidir.
Tadbir ikkita asosiy bo'limni o'z ichiga qamrab oldi:
Beauty Uzbekistan – go‘zallik industriyasi va parfyumeriya-kosmetika sohasi.
BeautyDerma Central Asia – estetik tibbiyot, apparat kosmetologiyasi va anti-age parvarish.
“Beauty Uzbekistan 2025” ko‘rgazmasida quyidagi 14 davlatdan 40 dan ortiq kompaniya va 100 dan ortiq brendlar ishtirok etdi: AQSh, Buyuk Britaniya, Hindiston, Indoneziya, Ispaniya, Italiya, Koreya Respublikasi, Latviya, Polsha, Rossiya, Turkiya, Xitoy, Yaponiya, O‘zbekiston.
Ko‘rgazmaning birinchi marotaba o’tkazilishida birdanigab ikkita milliy pavilyon – Koreya Respublikasi va Latviyaning pavilyonlari - muvaffaqiyatli ishtirok etgani loyihaga bo‘lgan talabning isboti sifatida qayd etildi. GMT, SPODRA, LARIFANS, LABRAINS, DABORD, MIZCOSMETIC, WOOSHIN LABOTTACH, ESTA BELLA, FICC, TAEIK kabi yetakchi ishlab chiqaruvchilar premium liniyalari va brendlarini taqdim etdilar.
Shuningdek, qator taniqli kompaniyalar va brendlar o'zlarining yangi mahsulotlarini namoyish etdilar: ACT (Rossiya) - butun tanani parvarish qilish uchun kosmetika, Abe Yoando (Yaponiya) – anti-age texnologiyalar, Bielenda (Polsha) - professional kosmetsevtika brendi, BTL (O'zbekiston) - tibbiy va estetik uskunalarni jahon ishlab chiqaruvchisi BTL Industriesning yetkazib beruvchisi, Oyster Cosmetics (Italiya) - sochni professional parvarish qilish va bo'yash mahsulotlari, Fragrance Science (Ispaniya) – aromatizatsiya va parfyumeriya sohasidagi yechimlar, GMT (Latviya) - tabiiy terini parvarish qilish kosmetikasi, Bella Systech (O'zbekiston) - Lutronic va Classys lazer va kosmetologiya uskunalarining keng assortimenti, Fuel-up (AQSh) - vitaminlar, biologic aktiv qo’shimchalar, sport ovqatlanishi.
Ko‘rgazmaning “Estetik va anti-age tibbiyot” mavzusidagi biznes dasturi ko‘pchilikning e’tiborini tortdi. Rossiya va Oʻzbekistondan 8 nafar ekspert innovatsion texnologiyalar va usullar bilan ishlash boʻyicha amaliy koʻnikmalar, yoshlik va goʻzallikni saqlash sirlarini taqdim etdilar.
“Beauty Uzbekistan 2025” va “TIHE” ko‘rgazmalari ekspozitsiyalariga 7200 dan ortiq noyob mutaxassislar tashrif buyurgani ushbu tadbir soha mutaxassislari uchun tajriba almashish, eng so‘nggi uskunalar va texnologiyalar bilan tanishish borasidagi ahamiyati va amaliy foydasini yana bir bor tasdiqladi. Ko‘rgazmaning faxriy mehmonlari qatorida Sog‘liqni saqlash vazirligi, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, O‘zbekiston stomatologlari assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasidagi farmatsevtika kompaniyalari vakolatxonalari assotsiatsiyasi, xorijiy diplomatic missiyalar rahbarlari bo’ldi.
Rasmiy ko’mak:
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qo‘mitasi
- O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
- O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi
- O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi
Tadbir tashkilotchilari: Iteca Exhibitions xalqaro ko‘rgazma kompaniyasi va uning hamkori ICA Eurasia Group.
Tashkiliy ko’mak: CAEx Uzbekistan

Bosh media-hamkor:

Hamkor:

Rasmiy transport-logistika hamkori

Texnik hamkor:

Internet-hamkor:


Go‘zallik sanoati, estetik tibbiyot, kosmetologiya va anti-age vositalari 2-ixtisoslashtirilgan xalqaro ko‘rgazmasi – Beauty Uzbekistan 2026da ishtirok etish uchun arizalar ochiq.
Ishtirok etish bo'yicha savollar bo'yicha ko'rgazma direktori Yuliya Evstifeevaga murojaat qiling:
+9989 71 205 18 18 beautypro@iteca.uz