3-Xalqaro  "Go`zallik, kosmetologiya va parfyumeriya-kosmetika sanoati - Beauty Uzbekistan" ixtisoslashtirilgan ko`rgazmasi

20 - 22 aprel 2027, "O`zekspomarkaz" MKK / Toshkent, O`zbekiston

Ko`rgazma haqida

BEAUTY UZBEKISTAN — BU SHUNCHAKI KO‘RGAZMA EMAS: YANGI SHARTNOMALAR VA IMKONIYATLAR HUDUDI

GO‘ZALLIK VA SALOMATLIK SINERGIYASI!

Beauty Uzbekistan — Go‘zallik sanoati, kosmetologiya, estetik tibbiyot, parfyumeriya, professional parvarish, uskunalar va beauty-biznes uchun innovatsion yechimlarning yetakchi xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmasi.

Bugungi kunda O‘zbekiston go‘zallik sanoatining eng istiqbolli va tez rivojlanayotgan bozorlaridan biri hisoblanadi. Sifatli mahsulotlarga bo‘lgan iste’mol talabining o‘sishi, chakana savdo, elektron tijorat, kosmetologiya klinikalari, go‘zallik salonlari va distribyutorlik tarmoqlarining rivojlanishi xalqaro brendlarning bozorga chiqishi va mintaqada biznesni kengaytirishi uchun qulay sharoit yaratmoqda.

Beauty Uzbekistan — bu ishlab chiqaruvchilar, distribyutorlar, xaridorlar va professional hamjamiyatni hamkorlik aloqalarini rivojlantirish va yangi bozorlarga chiqish uchun birlashtirgan samarali biznes platformasi.

Ko‘rgazmaning asosiy elementi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borish va istiqbolli shartnomalar tuzish uchun sharoit yaratadigan B2B-platforma «Retail Buyers Matchmaking» hisoblanadi.

Mamlakatdagi eng yirik tibbiy tadbir bilan sinergiya yuqori darajadagi professional auditoriyani ta’minlaydi va biznesni rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytiradi.

BEAUTY UZBEKISTAN 2026: RAQAMLAR VA FAKTLAR

  • Ko‘rgazmaning umumiy maydoni, brutto / kv.m. – 12 000 kv.m. (*qo‘shma ekspozitsiya)
  • Ishtirokchi kompaniyalar: 70 ta
  • Taqdim etilgan brendlar: 122 dan ortiq
  • Ishtirokchilar geografiyasi – 20 ta davlat: BAA, Fransiya, Germaniya, Gruziya, Hindiston, Ispaniya, Italiya, Koreya Respublikasi, Latviya, Ozarbayjon, Pokiston, Polsha, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Shvetsiya, Shveysariya, Xitoy, O‘zbekiston
  • Xorijiy kompaniyalar ulushi 91,67 foizni tashkil etdi
  • 2 ta milliy pavilyon – Koreya Respublikasi va Polsha
  • Tashrif buyuruvchilar: 36 ta davlatdan 8 410 nafar noyob tashrif buyuruvchi / 13 797 ta tashrif.
  • Fokus-sessiya – «Estetik va anti-age tibbiyot»


Beauty Uzbekistan 2026 ekspozitsiyasi bir yil davomida 55 foizga o‘sdi, bu xalqaro va mahalliy kompaniyalar tomonidan yuqori qiziqish mavjudligini tasdiqlaydi va ko‘rgazmaning O‘zbekiston go‘zallik sanoatining yetakchi B2B-platformasi sifatidagi maqomini mustahkamlaydi.

HAMKORLAR