Go`zallik, kosmetologiya va parfyumeriya-kosmetika sanoatining ixtisoslashtirilgan Xalqaro ko`rgazmasi.

28 - 30 aprel 2026, CAEx Uzbekistan / Toshkent, O`zbekiston

Ishtirok etish imkoniyatlari

Ko'rgazmada ishtirok etish shakllari:

  • Ko'rgazma stendi bilan;
  • Homiylik / Hamkorlik;
  • Biznes dasturida ishtirok etish;
  • Masofadan ishtirok etish: ko'rgazma qo'llanmasida reklama modulini joylashtirish, ro'yxatga olish stolidan reklama va bosma materiallarni tarqatish.

Ko'rgazma stendi bilan (standart jihozlangan stend):

Yopiq ko'rgazma maydoni, yig'ilgan devor panellari, friz yozuvi, gilam qoplamasi, mebel va kvadrat metrga qarab yoritishni o'z ichiga oladi. Standart stend konfiguratsiyasini ko'rgazmaning texnik qo'llanmasida topishingiz mumkin.

Jihozlanmagan ko'rgazma maydoni:

Namunalarni namoyish qilish yoki ishtirokchi kompaniya tomonidan stend qurish uchun mo'ljallangan shartli ravishda belgilangan maydonni o'z ichiga oladi. Agar stend quruvchi kompaniya tomonidan ishlab chiqilsa, u jamoat xavfsizligi choralariga rioya qilish maqsadida tadbir o'tkaziladigan joyda akkreditatsiyadan o'tishi shart. Ushbu joyning narxiga devor, elektr, gilam qoplamasi va mebel narxlari kirmaydi. Bunday holda, tashkilotchilardan elektr tarmog'iga ulanishni buyurtma qilishingiz kerak bo'ladi.

Homiylik/hamkorlik:

Ko'rgazma homiysi maqomi kompaniya uchun muvaffaqiyat, mustahkamlik, o'ziga xos mavqe va keng imkoniyatlar bilan bog'liq. Muvaffaqiyatli maqomingizni saqlab qolish, biznes chegaralaringizni kengaytirish va maqsadli auditoriya e'tiborini brendingizga maksimal darajada jalb qilish va yangi savdolarni amalga oshirish uchun ko'rgazmalarimiz imkoniyatlaridan foydalaning. Biz turli homiylik va hamkorlik paketlarini taklif etamiz. Optsiyalar ro'yxati alohida ko'rib chiqiladi, biz har doim ko'rgazma homiyligi doirasida sizning byudjetingiz, ehtiyojlaringiz va maqsadlaringizga mos keladigan maxsus imkoniyatlar masalasini muhokama qilishga tayyormiz.

Qo'shimcha ma'lumot va maxsus takliflar olish uchun tadbir tashkilotchilariga murojaat qiling.

Biznes dasturida ishtirok etish:

Sizning kompaniyangizni biznes-dastur doirasida tematik seminaringiz bilan ishtirok etishga taklif etamiz va shu orqali mahsulotingizni tashrif buyuruvchilarning maqsadli auditoriyasiga taqdim etish imkoniyatiga ega bo’lasiz.

Sirtqi ishtirok:

Kompaniya haqidagi ma'lumotlarni rasmiy ko'rgazma qo'llanmasiga joylashtirish, ro'yxatga olish stolidan reklama va bosma materiallarni tarqatish.

HAMKORLAR