Go`zallik, kosmetologiya va parfyumeriya-kosmetika sanoatining ixtisoslashtirilgan Xalqaro ko`rgazmasi.

28 - 30 aprel 2026, CAEx Uzbekistan / Toshkent, O`zbekiston

Yangiliklar

Beauty Uzbekistan 2025: tibbiyot va go‘zallikning birligi

15–17-aprel kunlari CAEx Uzbekistan ko‘rgazmalar zalida "Go‘zallik va salomatlik sinergiyasi" ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. U ikkita ekspozitsiyani birlashtiradi — 29-Toshkent xalqaro sog‘liqni saqlash ko‘rgazmasi "TIHE 2025" va estetika va apparat kosmetologiyasi hamda parfyumeriya-kosmetika sanoatiga bag‘ishlangan maxsus xalqaro Beauty Uzbekistan 2025 ko‘rgazmasi.

Beauty Uzbekistan dastlab TIHE ko‘rgazmasining bo‘limi sifatida o‘tkazilgan. Taklif etilgan mahsulotlar assortimenti asta-sekin kengayib, tibbiy yo‘nalishdan tashqariga chiqdi. Natijada, go‘zallik sanoatiga bag‘ishlangan alohida loyiha ishga tushdi va u ikkita maydonni o‘z ichiga oladi: Beauty Uzbekistan — go‘zallik sanoati va parfyumeriya-kosmetika sanoati hamda BeautyDerma Central Asia — estetika tibbiyoti, apparat kosmetologiyasi va qarishga qarshi parvarish.

– O‘zbekistonda go‘zallik sanoati faollashib bormoqda, sifatli kosmetika vositalariga va jihozlarga talab ortmoqda, shuning uchun maxsus ko‘rgazma o‘tkazish zarurati tug‘ildi. Beauty Uzbekistan ko‘rgazmasida 14 mamlakatdan 40 dan ortiq kompaniya va 100 dan ziyod brend ishtirok etmoqda, bu bizning yutuqlarimizni tan olishdir, – deya fikr bildirdi Iteca Exhibitions kompaniyasining menejeri Nadira Xaitbayeva. – Ushbu ko‘rgazma TIHE 2025 ko‘rgazmasi bilan birga yangi ko‘rgazma pavilionida o‘tkazilmoqda. Birlashtirilgan "Go‘zallik va salomatlik sinergiyasi" ko‘rgazmasi 23 mamlakatdan 400 dan ortiq kompaniyani bir joyga jamladi. Ko‘plab doimiy ishtirokchilar mavjud, yangi kompaniyalar ham bor. Biznes dasturini alohida ta'kidlashni istardim. Bu sohaga oid mutaxassislarni bir joyga jamlaydigan juda muhim biznes dasturi. Estetika tibbiyoti, plastik jarrohlik kabi mavzularda seminarlar o‘tkazildi. Ma'ruzachilar nafaqat O‘zbekistonda, balki butun dunyoda mashhur bo‘lgan praktika mutaxassislari, jarrohlar, faol ekspertlar.

Beauty Uzbekistan ko‘rgazmasidagi xorijiy kompaniyalar ulushi 82% ni tashkil etdi. Buyuk Britaniya, Hindiston, Indoneziya, Ispaniya, Italiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Latviya, Polsha, Rossiya, AQSh, Turkiya, Yaponiya ishlab chiqaruvchilari stendlarining ko‘plab mehmonlarni jalb qilmoqda. Koreya va Latviya milliy pavilionlar bilan taqdim etilgan.

– Latviya kosmetikasi qadimiy an'analarga ega. Ko‘pchilik Dzintars mahsulotlarini biladi va undan foydalanadi. Mashhur brendlar bilan birga yangi kompaniyalar ham ochilmoqda. Latviya bugungi kunda katta o‘zgarishlarni boshdan kechirmoqda, bizning ishlab chiqaruvchilarimiz o‘z mahsulotlarini Yevropa mamlakatlariga, Markaziy Osiyoga eksport qilishni istamoqda. O‘zbekistonda tez o‘sib borayotgan bozor Latviya kompaniyalari uchun juda qiziqarli. Biz o‘z mahsulotimizni Toshkentda taqdim eta olishimizdan xursandmiz, – dedi Latviya elchisi Reynis Troksha. – Bizning mamlakatimiz pavilionida to‘rt nafar milliy brendni taqdim etmoqda, ular orasida uzoq yillik an'analarga ega bo‘lgan kompaniyalar va bozorlarni izlayotgan yangi istiqbolli loyihalar mavjud. Ikkalasi ham O‘zbekiston bozorini juda istiqbolli deb baholamoqda.

O‘zbekistonda GMT – teriga g’amxo‘rlik qiladigan tabiiy kosmetika brendi bilan birga Latviya o‘z yangiliklarini taqdim etdi, shuningdek, Rossiya, Yaponiya, Polsha, Italiya, Ispaniya, O‘zbekiston, AQSh ham o‘z mahsulotlarini ko‘rgazmada namoyish etishdi. Kosmetologik jihozlar, ularni sinovdan o‘tkazish imkoniyati ko‘rgazma mehmonlari tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Ko‘plab mehmonlar britaniyalik BTL kompaniyasining stendi atrofida yig‘ildi.

– Bizning stendimizda Emsculpt tanani shakllantirish apparati taqdim etilgan. Bu estetika jarayonlarini amalga oshirish uchun birinchi invaziv bo‘lmagan uskunadir, u mushaklarni mustahkamlash va yog‘ni kamaytirishni bir vaqtning o‘zida amalga oshiradi. Bir protsedura bir nechta sport zalidagi mashqlarni almashtirishga teng deb aytish mumkin, – dedi BTL Medical kompaniyasining savdo menejeri Baxora Ahmadova. – BTL kompaniyasi fizioterapiya va funktsional diagnostika uchun tibbiy jihozlar ishlab chiqaruvchi dunyodagi yirik kompaniyalardan biridir. Biz yangi tibbiy apparatlarni ishlab chiqamiz va mavjudlarini doimiy ravishda takomillashtiramiz. Bu funktsional diagnostika jihozlari, fizioterapiya, reabilitatsiya, stol va ginekologik kreslolar, estetika apparatlari. O‘zbekistonda 15 yildan buyon ishlayapmiz. Bizning mijozlarimiz va hamkorlarimiz mamlakatning barcha hududlarida mavjud. Bu poliklinikalar, xususiy va davlat klinikalaridir.

O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishda davlat va xususiy tibbiyot sektori, chunki aholi salomatligi jamiyatning barqaror rivojlanishida asosiy omil hisoblanadi, alohida e'tibor qaratilmoqda. Shuning uchun birlashtirilgan "Go‘zallik va salomatlik sinergiyasi" ko‘rgazmasi tashkilotchilari – Iteca Exhibitions xalqaro ko‘rgazmalar kompaniyasi va uning sherigi ICA Eurasia Group ko‘plab nufuzli davlat tuzilmalari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi, jumladan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari bo‘yicha qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va boshqalar.

Manba

HAMKORLAR