Press-relizlar
Uchta ko`rgazma - bitta konsepsiya: Toshkent sog`liqni saqlash va go`zallik sanoatini qanday birlashtirdi

2026-yil 28–30-aprel kunlari Toshkentda «Beauty Uzbekistan 2026», «Beauty Derma Central Asia 2026» xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmalari va 30-yubiley Toshkent «Sog‘liqni saqlash – TIHE 2026» xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi, bu go‘zallik va tibbiyot sanoati bir joyda uchrashadigan noyob biznes platformasini yaratdi.
Tashkilotchilar: Iteca Exhibitions xalqaro ko‘rgazmalar kompaniyasi va uning hamkori ICA Eurasia Group.
Go‘zallik sanoati ko‘rgazmalari o‘zining noyob konsepsiyasi tufayli tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda, bu esa ko‘rgazma maydonining ikki baravardan ko‘proqqa – o‘tgan yilga nisbatan 55% ga oshishiga olib keldi. «Beauty Uzbekistan 2026» ko‘rgazmasida quyidagi 15 ta mamlakatdan 100 dan ortiq kompaniya va brendlar ishtirok etdi: Ozarbayjon, Gruziya, Ispaniya, Italiya, Qozogʻiston, Xitoy, Koreya Respublikasi, Qirgʻiziston, BAA, Polsha, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Oʻzbekiston, Shveytsariya va Shvetsiya. Statistika xalqaro miqyosda tobora ortib borayotgan qiziqishni va loyihaning O‘zbekistonda xavfsiz va yuqori sifatli go‘zallik sanoatini joriy etish va rivojlantirishga qaratilgan asosiy B2B platformasi sifatidagi mavqeining mustahkamlanib borayotganini aks ettiradi.
Birlashgan ekspozitsiyada 8 410 ta noyob tashrif buyuruvchi qayd etildi, bu takroriy tashriflarni ham qo‘shganda 11 354 ta tashrifni tashkil etdi, bu ham o‘tgan yilga nisbatan qariyb 18% o‘sishni ko‘rsatmoqda.
Ko‘rgazmada Koreya Respublikasi va Polshaning milliy pavilyonlari namoyish etildi, Latviya kompaniyalari esa jamoaviy stend tashkil etdi. Ularning eksponatlarida kosmetika, professional parvarish va tegishli sanoat segmentlarida faoliyat yurituvchi brendlar namoyish etildi.
Bosh homiy – BIOGEL (Rossiya) — funksional biorevitalizantlar brendi.
Beauty Uzbekistan va TIHE ko‘rgazma ekspozitsiyalari bilan parallel ravishda kumush homiy GIPOPO – Chernogolovka kompaniyasining bolalar ovqatlari ishlab chiqaruvchisi tomonidan homiylik qilingan boy qo‘shma biznes dasturi bo‘lib o‘tdi. Dastur ekspert sessiyalari, mavzuli ma’ruzalar, mahorat darslari va texnologiyalar taqdimotlarini o‘z ichiga olgan bo‘lib, klinikalar, go‘zallik salonlari, SPA-markazlar egalari va rahbarlari, shuningdek, soha ishlab chiqaruvchilari va mutaxassislari uchun mo‘ljallangan edi. Asosiy yo‘nalishlar go‘zallik sanoatidagi ilmiy yondashuvlar, balneologik texnologiyalar va suv muolajalarini rivojlantirish, shuningdek, professional ingredientlar va aromatik yechimlarni qo‘llashni qamrab oldi. Sessiyalar qiziqarli mavzular va taniqli spikerlar tufayli ko‘plab tashrif buyuruvchilar va ko‘rgazma ishtirokchilarining e’tiborini tortdi. Ular orasida Shveytsariyaning LUZI AG kompaniyasining Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa bo‘yicha mintaqaviy direktori Ivan Baran, permanent makiyaj bo‘yicha xalqaro ekspert va professional uyushmalar a’zosi Olga Yakovleva va boshqalarni aytib o‘tsa bo‘ladi.
Ko‘rgazmaning debyut va muhim elementi bo‘lib, bozor ishtirokchilari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zaro aloqani ta’minlaydigan, ishlab chiqaruvchilar, distribyutorlar va sohaning professional ishtirokchilari o‘rtasida ish uchrashuvlarini o‘tkazish va uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini shakllantirish imkonini beruvchi Retail Buyers Matchmaking doirasidagi ixtisoslashtirilgan B2B-muzokaralar platformasi bo‘ldi.
B2B zonasi ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar, ishtirokchilar va mehmonlarning diqqat markaziga aylandi: uch kun davomida Frantsiya Cosmetic Valley delegatsiyasi (kosmetika, ingredientlar, private label, R&D 10 ta ishlab chiqaruvchilari va soha tashkilotlari), Koreya xalqaro go‘zallik sanoati savdo assotsiatsiyasi (IBITA) vakillari bilan muzokaralar va uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Ular orasida — ixtisoslashtirilgan uyushmalar, estetik tibbiyot klinikalari, go‘zallik salonlari, distribyutorlik kompaniyalari, savdo tarmoqlari, e-commerce, kosmetika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar, shuningdek, boshqa sohalar vakillari. Bu ko‘rgazmaga xalqaro miqyosda yuqori qiziqishni va uning kosmetologiya va dermatologiya sohasidagi Yevropa va mintaqaviy go‘zallik sanoati bozorlari o‘rtasidagi bog‘lovchi rolini ta’kidladi.
Uchinchi kuni Retail Buyers Matchmaking doirasida Iteca Exhibitions va IBITA o‘rtasida uzoq muddatli hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi. Hukumat ko‘magida tashkil etilgan Koreya Respublikasining notijorat uyushmasi go‘zallik sanoatini rivojlantirish va koreys kosmetika kompaniyalarining xalqaro bozorlarga chiqishiga ko‘maklashadi.
Beauty Uzbekistan ko‘rgazmasi ishtirokchilarga keng ko‘lamli ekspozitsiya, jonli biznes dasturi va professional netvorkingning o‘ziga xos muhiti bilan yodda qoldi. Ko‘rgazma ishtirokchilari o‘z taassurotlarini bayon etdi:
Polsha investitsiyalar va savdo agentligi, Yatsek Mixalski, Eksportni qo‘llab-quvvatlash departamentining bosh eksperti (Polsha):
– Biz Beauty Uzbekistan ko‘rgazmasida ilk bor milliy stend bilan ishtirok etmoqdamiz va o‘zimiz bilan sakkizta Polsha kompaniyasini olib keldik. Bu biz uchun juda qiziqarli tajriba: bu yerda nafaqat brendlarni namoyish etish, balki O‘zbekiston bozori va uning ishtirokchilari bilan yaqindan tanishish imkoniyati ham mavjud. Bugungi O‘zbekiston — juda qiziqarli va jadal rivojlanayotgan mamlakat, bu hamma narsada sezilib turibdi. Stendimizga tashrif buyuruvchilar soniga qarab, bu yerda boshqa bozorlarga nisbatan yuqori raqobat va murakkabroq logistikaga qaramay, Yevropa brendlariga qiziqish haqiqatan ham yuqori ekanini ko‘rish mumkin. Ishtirok etganimizdan juda mamnunmiz va ishonchimiz komilki, bu Polsha kompaniyalari uchun mintaqada yangi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish uchun yaxshi imkoniyatdir.
LUZI, Ivan Baran, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida savdo bo‘yicha mintaqaviy direktor, Shveytsariya:
– Men Toshkentga birinchi marta kelayotganim yo‘q va har safar shahar va butun mamlakat qanchalik tez va go‘zal rivojlanayotganini ko‘rib turibman. Biz «Beauty Uzbekistan» ko‘rgazmasida ilk bor ishtirok etmoqdamiz va bu biz uchun o‘zimizni namoyon etish, bozorni o‘rganish va uning xususiyatlarini yaxshiroq tushunish uchun muhim imkoniyat – bu yerda Yevropa brendlariga qiziqish juda yuqori va tashrif buyuruvchilar tomonidan faol munosabat bildirilmoqda. Biz biznes-seminar va netvorking uchrashuvini biznes dasturning alohida maydonida o‘tkazish imkoniyatini alohida e’tirof etdik – bu ko‘p sonli mehmonlar va stendda vaqt cheklangan sharoitda ayniqsa muhimdir. Kelgusi yilda kengaytirilgan tarkibda kelishni rejalashtirganmiz.
Go‘zallik va salomatlik ekspozitsiyalarining sinergiyasi yetakchi milliy va xalqaro ommaviy axborot vositalarida, shuningdek, ixtisoslashtirilgan media va davlat idoralari, xalqaro tashkilotlar, diplomatik vakolatxonalar va sohaning asosiy ishtirokchilari resurslarida keng yoritildi. Axborot kampaniyasi loyihaning ijtimoiy tarmoqlarida rekord darajadagi jami auditoriya qamrovini ta’minladi — 12 453 846 marta ko‘rildi.
27–29-aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan Beauty Uzbekistan 2027 ko‘rgazmasida ishtirok etish uchun arizalar qabul qilinmoqda.
Ko‘rgazma direktori: Yuliya Yevstifeeva — tel: +998 71 205 18 18 (ofis), +998 50 760 51 73 (mobil), beautypro@iteca.uz
Loyiha menejeri: Iqbolxon Muxitdinova — tel: +998 71 205 18 18 (ofis), +998 90 324 10 07 (mobil), ikbolkhon.mukhitdinova@iteca.uz
Veb-sayt: beautypro.uz