Go`zallik, kosmetologiya va parfyumeriya-kosmetika sanoatining ixtisoslashtirilgan Xalqaro ko`rgazmasi.

28 - 30 aprel 2026, CAEx Uzbekistan / Toshkent, O`zbekiston

Press-relizlar

Gullagan Toshkent go`zallik va salomatlik mutaxassislarini kutib olmoqda!


Estetik va apparat kosmetologiyasi va parfyumeriya-kosmetika sanoatining ixtisoslashtirilgan Beauty Uzbekistan 2025 xalqaro ko`rgazmasi 15-17 aprel kunlari CAEx Uzbekistanda bo'lib o'tadi


“Beauty Uzbekistan 2025” birinchi marta sog‘liqni saqlash sohasidagi yetakchi ko‘rgazma tadbiri – “Sog‘liqni saqlash – TIHE 2025” 29-Toshkent xalqaro ko‘rgazmasi bilan bir joyda “Go‘zallik va salomatlik sinergiyasi” shiori ostida mustaqil tadbir sifatida o‘tkazilmoqda.

TIHE va Beauty Uzbekistan 2025 ko‘rgazmalarining birlashgan ekspozitsiyasi 23 mamlakatdan 400 ta kompaniya va brendlarni birlashtiradi.

Go‘zallik sanoatiga bag‘ishlangan ko‘rgazma yilning eng go‘zal faslida, aprel oyida boshlanib, Toshkentni soha professionallari uchrashadigan joyga aylantirishi ramziy ma’noga ega. Dastlab “Beauty Uzbekistan” TIHE ko‘rgazmasi doirasida ixtisoslashtirilgan bo‘lim sifatida o‘tkazilib, unda professional kosmetika, estetik tibbiyot uchun asbob-uskunalar va turli tibbiy mahsulotlar namoyis etilar edi. Taqdim etilayotgan mahsulotlar assortimenti kengayib bordi va tibbiy profildan tashqariga chiqdi, bu esa go‘zallik sanoatini rivojlantirishga bag‘ishlangan – Beauty Uzbekistan 2025 individual ko‘rgazma loyihasini ishga tushirishga xizmat qildi.

Bugungi kunda “Beauty Uzbekistan” professional biznes platforma bo’lib, yangi mahsulotlar premyerasi uchun asosiy markaz va ishlab chiqaruvchilar, distribyutorlar va biznes egalari o‘rtasidagi professional muloqot maydonidir.

Tadbir ikkita asosiy bo'limni o'z ichiga oladi:

Beauty Uzbekistan – go‘zallik sanoati va parfyumeriya-kosmetika sohasi.

BeautyDerma Central Asia – estetik tibbiyot, apparat kosmetologiyasi va anti-age parvarish.

Go'zallik sanoati hozirgi O'zbekistonda rivojlanishning yangi bosqichga o’tdi. Go'zallik sanoati sohasida biznesning kengayishi va xizmatlar ko'rsatishi fonida sektor jadal sur'atlar bilan rivojlanmoqda, yuqori sifatli kosmetika vositalari, estetik va anti-age protseduralarni ta'minlash uchun zamonaviy uskunalarga talab oshdi. Ixtisoslashtirilgan ko'rgazmani o'tkazish amaliyotchi mutaxassislarga so'nggi tendentsiyalar, mahsulotlar va ishlanmalarni taqdim etish uchun yangi imkoniyatlar ochadi.

Beauty Uzbekistan 2025 ko‘rgazmasida 14 mamlakatdan 40 dan ortiq kompaniya va 100 dan ortiq brendlar ishtirok etadi, jumladan: Buyuk Britaniya, Hindiston, Indoneziya, Ispaniya, Italiya, Xitoy, Koreya Respublikasi, Latviya, Polsha, Rossiya, AQSh, Turkiya, O‘zbekiston, Yaponiya. Xorijiy kompaniyalar ulushi 82 foizni tashkil etdi.

Loyihaning ajoyib boshlanishi Koreya Respublikasi va Latviya milliy pavilyonlarining ishtiroki bilan tasdiqlanadi. GMT, SPODRA, LARIFANS, LABRAINS, DABORD, MIZCOSMETIC, WOOSHIN LABOTTACH, ESTA BELLA, FICC, TAEIK kabi yetakchi ishlab chiqaruvchilar stendlarida o‘zlarining premium liniyalari va brendlarini taqdim etadilar.

Taniqli kompaniya va brendlar ham o'zlarining yangi mahsulotlarini taqdim etadilar: ACT (Rossiya) - butun tanani parvarish qilish uchun kosmetika, Abe Yoando (Yaponiya) - anti-age texnologiyalari, Bielenda (Polsha) - professional kosmetika brendi, BTL (O'zbekiston) tibbiy va estetik uskunalarni jahonda taniqli ishlab chiqaruvchisi BTL Industriesning yetkazib beruvchisi, Oyster Cosmetics (Italiya) - sochni parvarish qilish va bo'yash uchun professional vositalar, Fragrance Science (Ispaniya) – aromatizatsiya va parfyumeriya sohasidagi yechimlar, GMT (Latviya) - terini parvarish qilish tabiiy kosmetikasi, Bella Systech (O'zbekiston) - Lutronic va Classys lazer va kosmetologiya uskunalarining keng assortimenti, Fuel-up (AQSh) - Vitaminlar, biologik faol qo'shimchalar, sport ovqatlanishi.

15 aprel kuni soat 10.30 – 13.30 da CAEx Uzbekistanda “Estetik va anti-age tibbiyoti” mavzusidagi biznes dasturi boʻlib oʻtadi. Rossiya va Oʻzbekistondan 8 nafar ekspert-spikerlar innovatsion texnologiyalar va usullar bilan ishlash boʻyicha amaliy koʻnikmalar, yoshlik va goʻzallikni saqlash sirlarini taqdim etadilar.

Dasturning toʻliq versiyasini QR kod orqali yuklab olish mumkin:
Rasmiy ko’mak:
  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qo‘mitasi
  • O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
  • O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi
  • O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi
Tashkiliy ko’mak: CAEx Uzbekistan

Bosh axborot hamkori:

Hamkor:

Rasmiy transport va logistika hamkori:

Texnik hamkor:

Internet hamkor:


Qo'shimcha ma'lumot uchun Iteca Exhibitions matbuot xizmatiga murojaat qiling.
Tel: + (998 71) 205 18 18
E-mail: pr@iteca.uz; www.iteca.uz
HAMKORLAR